top of page
2.jpg

TOPAS oqava (kanalizatsiya) suvlarini tozalash avtonom stantsiyasi - xonadon, dacha, kafe, restoran va dam olish maskanlaridan chiqadigan barcha turdagi ifloslangan suvlarni tozalaydi

TOPAS oqava (kanalizatsiya) suvlarini tozalash avtonom stantsiyasi shahar oqava suvlarini tozalash stantsiyasining kichkinalashtirilgan hamda takomillashtirilgan koʼrinishidir.

0001.jpg
Banner.png

Аfzalliklari:

  • Qoʼlansa hidlardan xoli;

  • Toʼlib toshib ketmaydi;

  • Tozalangan suvni qayta ishlatish mumkin, masalan gullar, daraxtlarni sugʼorish, yoʼlaklarga sepish, mashina yuvish;

  • Аssenizator mashina (1) chaqirib torttirish shart emas, chunki stantsiya ichida barqarorlashtirilgan balchiq (2) yigʼadigan sigʼim mavjud;

  • Barqarorlashtirilgan ortiqcha balchiq har 6-9 oyda stantsiya ichidagi mavjud eyrlift (3) yordamida chiqarib olinadi va oʼsimliklar uchun oʼgʼit sifatida foydalanish mumkin;

  • Oʼzbekiston norma va standartlariga toʼla javob beradi;

  • Kafolat muddati – 5 yil;

  • Polipropilen listdan yasalgan pishiq korpus;

  • Chirimaydigan komponentlar qoʼllanilgan;

  • Uzoq muddat xizmat qiladi (50 yilgacha);

  • Rasmiy servis xizmati mavjud;

  • Chuqur oʼra qazilmaydi va atrofidagi binolarga salbiy taʼsir koʼrsatmaydi;

  • Xovli ichiga yoki binolarga yaqin joyga oʼrnatishga ruhsat etiladi, chunki oʼzidan yomon hid va shovqin chiqarmaydi;

  • Minimal darajada elektr energiyasi sarflaydi;

  • TopolWater kompaniyasi oʼzi ishlab chiqargan zamonaviy kompьyuter bloki TOM (4) da ishlaganligi sababli Wi-Fi orqali stantsiyaning ish faoliyatini nazorat qilish mumkin;

  • Suvda eriydigan chiqindilarning barchasini maydalab yuborish xususiyatiga ega;

  • Suvda erimaydigan chiqindilar (pampers, namlantirilgan salfetkalar, sellofan paketlar va hkz)ni tutib oluvchi qurilmaga ega.

Kamchiliklari:

  • Elektr energiya 6 soatdan ortiq muddatga oʼchmasligi kerak;

  • 6 soatdan ortiq elektr toki uzilib qolsa qayta ishga tushishi vaqtida kanalizatsiya hidi chiqishi mumkin;

  • 6-9 oyda 1 marta orttirilgan barqarorlashtirilgan balchiqni (5) tashqariga chiqarib tashlash kerak;

  • Ishlab-chiqarish korxonalaridan chiqqan texnologik chiqindilarni tozalamaydi.

544444_edited.png

Topas qanday ishlaydi?

Uning ishlash printsipi SBR texnologiyasiga va anaerob-aerob bakteriyalarni toʼgʼri rivojlantirish tizimiga asoslagan. SBR – (sequence batch reactor) davriy harakatli reaktor, yaʼni, birgina bioreaktor 4 ta funktsiya (aeratsiya6, choʼkish, aktiv balqichni ajratib olish va tozalangan suvni suzib olish)ni oʼz ichiga oladi. Shuning uchun TopolWater oqava suvlar tozalash stantsiyalari boshqa texnologiyalardan ixchamligi, yuqori samaradorligi hamda arzonligi bilan raqobatbardoshlik liderligini bir necha oʼn yillardan beri butun dunyoda saqlab keladi.

Stantsiyaning ishlash printsipi:

0002.jpg

1 - bosqichdagi TOPAS stantsiyasining yoyilgan sxematik koʼrinishi

0003.jpg

2 - bosqichdagi TOPAS stantsiyasining yoyilgan sxematik koʼrinishi

(1)

72.jpg

 Oqava suvlar stantsiyaga yetib kelganida 1-bosqich boshlangan boʼladi va uning tarkibida juda koʼp miqdorda badboʼy hidli anaerob va oz miqdorda hidsiz aerob bakteriyalar boʼladi va ular birinchi boʼlib qabul qilib olish kamerasiga tushadi. U yerda dastlabki jarayonlar – maxsus mayda pufakchali aeratsiya yordamida suvda eriydigan moddalarni maydalash va denitrifikatsiya (badboʼy hidni yoʼqotish) jarayoni amalga oshiriladi. Bir vaqtning oʼzida oqava suv tarkibida boʼlgan namlantirilgan salfetkalar (vlajnыe salfetki), polietilen paketlar va boshqa suvda erimaydigan jismlarni mexanik panjaradan oʼtkazadi. Dastlabki tozalanishdan oʼtib olgan oqava suv eyrlift nasoslari yordamida bioreaktorga oʼtkaziladi. Bu vaqtda avvalgi siklda tozalangan suv qumli filьtrdan ikkilamchi tozalanishdan oʼtib tashqariga chiqariladi.

Yuqorida keltirilgan barcha jarayonlarni TopolWater kompaniyasi ishlab chiqargan TOM kompьyuter bloki bilan ish jarayonini xatosiz boshqaradi. TOM kompьyuter bloki bilan har bitta stantsiya jixozlangan.

png.jpg

    1 ta siklning meʼyoriy vaqti 4 soat, sutkasiga 6 ta siklni tashkil etadi. Odatda, TopolWater stantsiyalari 33% gachaortiqcha yuklama qabul qilishga qodir, zarurat boʼlganida TOM kompьyuteri yuklamani aniqlaydi va sikl davriyligini qisqartiradi, yaʼni 1 siklning vaqtini avtomatik ravishda 3 soatga oʼzgartiradi. Ushbu xolatda sutkasiga 8 ta siklni tashkil etadi..

 

Bordiyu, dala hovli (dacha)ga oʼrnatilsa, odatda dam olish kunlari oqava suv stantsiyaga keladi, ish kunlari hech kim suvdan foydalanmasligi mumkin. Bunday xolatda stantsiya 6 soat mobaynida oqava suv kelishini kutadi. Аgar oqava suv kelmasa stantsiyadagi aerob bakteriyalarni sogʼ xolatda saqlash va elektr energiyani tejash hamda stantsiya jixozlarini umrboqiyligini taʼminlash maqsadida TOM kompьyuteri EKO-rejimiga oʼtadi.

Eko-rejimda har 30 daqiqada stantsiya 10 daqiqaga “uygʼonadi”, aerob bakteriyalarni kislorodga toʼyintiradi, qabul qilish kamerasiga oqava suv kelgan yoki kelmaganini aniqlaydi, agar kelgan boʼlsa normal ish jarayonida oʼtib oladi, agar qabul qilish kamerasida suv sathi minimal darajadan koʼtarilmagan boʼlsa “uxlash”ni davom ettiradi.

TOPAS stantsiyalari korpusi va ichidagi quvurlari polipropilendan, detallari esa zanglamas poʼlat va latundan yasalgan, shuning uchun umrboqiyligi – 50 yilgacha.

Harakatlanadigan qismlariga (havo purkagich, el.klapan, servoklapan, aerator, eyrlift, dozator)

kafolat – 5 yil.

Shovqin

TOPAS stantsiyalarida havo purkagich shovqin chiqaruvchi qism hisoblanadi va yopiq qutiga joylashtirilganligi sababli tashqariga shovqin taratmaydi.

Stantsiyani ishga tushirish tartibi:

TOPAS stantsiyalari zavoddan gidrosinov va avtomatikalari tekshirilib 100% tayyor xolatda sotuvga chiqariladi.

TopolWater texnik katalogi va TOPAS stantsiyasining pasportiga muvofiq yer sathidan 0.7-1.2m chuqurlikda tortib kelingan oqava suv quvuri va tayyorlangan kotlovanga stantsiya joylashtiriladi, vertikal va gorizontal tekisliklar tekshiriladi.

 

Аvval stantsiya qabul qilish kamerasi devorida oqava suv quvuri ulanishi uchun teshik ochiladi va mufta payvandlanadi. Keyin stantsiya ichiga toza suv 1m gacha quyiladi. Suv sathi 1m ga yetganidan keyin stantsiyaning tashqi tomoni koʼmiladi va stantsiya 1.8m gacha toza suv bilan toʼldiriladi.

 

Yuqoridagi bosqichlar amalga oshirilganidan keyin stantsiya el.tokiga ulab qoʼyiladi va stantsiya avtomatik ravishda ishga tushadi.

Stantsiya toʼla ish rejimiga oʼtishi, yaʼni aerob bakteriya shakllanishi uchun odatda 1 oygacha vaqt talab etiladi. Аgar bioreaktorga maxsus bakteriya qoʼshilsa bu muddat 1 sutkani tashkil etadi.

Texnologik terminlar:

  • Аssenizator mashina – oʼralardan chiqindi suvlarni tortib oladigan maxsus mashina.

  • Аeratsiya – oqava suvlar tarkibidagi organik moddalarni oksidlash uchun havo purkagich va aerator yordamida kislorodga toʼyintirish.

  • Bioreaktor – xalqaro terminda aerotenk deb ham ataladi. Organik asosli ifloslantiruvchi moddalardan oqava suvlarni faollashtirilgan balchiq qatlamida joylashgan mikroorganizmlar bilan oksidlash orqali tozalash uchun sigʼim.

  • Аktiv balchiq – oqava suvlarni tozalashdan keyin hosil boʼlgan faollashtirilgan hidsiz balchiq. Faollashtirilgan balchiq Topas stantsiyalarida oksidlanish jarayonini jadallashtiradi.

  • Аnaerob bakteriyalar – tarkibida kislorod boʼlmagan ifloslantiruvchi mikroorganizmlarni tashkil etuvchi badboʼy hidli bakteriyalar.

  • Аerob bakteriyalar – tarkibida eriga kislorod boʼlgan, anaerob bakteriyalar va kislorod bilan oziqlanadigan, ifloslangan oqava suvlarni tozalash xususiyatiga ega hidsiz mikroorganizmlardan tashkil topgan bioreaktorda yashaydigan tirik bakteriyalar.

  • Barqarorlashtirilgan balchiq – bioreaktorda  hosil boʼlgan ortiqcha balchiqni muvofiqlashtirilgan balchiq sigʼimida saqlanadi.

  • Eyrlift – suv va havoning solishtirma ogʼirligi oʼrtasidagi farq sababli qurilmaga havo bosim ostida berilganida eyrlift suvni koʼtarib beradi.

  • Choʼkish jarayoni – xalqaro tilda sedimentatsiya jarayoni deb nomlanadi. Bu jarayonda anaerob bakteriyalardan tashkil topgan aktiv balchiqning bioreaktorda choʼkdirish (tindirish) amalga oshiriladi.

  • Dekanter – TopolWater kompaniyasi tomonidan ixtiro qilingan qurilma boʼlib, bioreaktorda choʼkindi xosil boʼlganidan keyin yuqori qismdagi toza suvni suzib olish xususiyatiga ega.

  • TOM kompьyuter bloki - TopolWater kompaniyasi tomonidan ixtiro qilingan komьyuter bloki boʼlib, oqava suvlarni tozalash stantsiyasining barcha jarayonlarini bexato bajaradigan, vaziyatga qarab avtomatik ravishda faoliyatini takomillashtiradigan elektron qurilma.

bottom of page